Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 51-shtat tashkil etilishi uchun ovoz berildi
Yangi shtat AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington va inson huquqlari kurashchisi Frederik Duglas sharafiga Vashington, Duglas hamdo‘stligi deb nomlanishi kutilmoqda.
Foto: Shutterstock
AQSh vakillar palatasi poytaxt Vashingtonga shtat maqomini berish uchun ovoz berishdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Yangi shtat tashkil etilishiga palataning 216 nafar a'zosi ovoz bergan, 208 nafari qarshi chiqqan. Endi qonun loyihasi Senatga taqdim etiladi.
Qonun loyihasi Senat tomonidan qabul qilinib, prezident tomonidan imzolanadigan bo‘lsa, Vashingtonga 51-shtat maqomini olish huquqini beruvchi qonunga aylanadi.
Yangi shtat AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington va inson huquqlari kurashchisi Frederik Duglas sharafiga Vashington, Duglas hamdo‘stligi deb nomlanishi kutilmoqda.
Shtat tashkil etiladigan bo‘lsa, Senatda ikki nafar vakiliga ega bo‘ladi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, yangi shtat hududi hukumat binolari va yodgorliklardan tashqari butun poytaxt hududini o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
08:17
Mis zaxiralari qaysi davlatlarda to‘plangan? Jahon reytingi
23:48 / 10.05.2026
Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026