O‘zbekiston | 07:45 / 23.04.2021
2648
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda havo kam bulutli bo‘ladi

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 20-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-24 daraja issiqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid