O‘zbekiston | 14:36 / 23.04.2021
3943
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari issiq ob-havo bo‘ladi

Qisqa vaqt davomida havo sovuq bo‘lganidan so‘ng, bugun va dam olish kunlarida O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun respublikaning aksariyat viloyatlarida havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda, harorat kunduzgi maksimumi 23-25 daraja issiqni, ba'zi joylarda 28-30 darajagacha issiqni tashkil etadi.

Ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida havo bulutli bo‘ladi. Yomg‘ir kutilmaydi va harorat deyarli o‘zgarmaydi.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi. Kunduz kungi harorat 27 daraja issiqqa, janubda va cho‘l hududlarida 30 daraja issiqqa yetadi.

Eng issiq yillarda ushbu kunlardagi havo harorati 32-35 daraja issiq, janubda 36-38 daraja issiq bo‘lgan.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid