O‘zbekiston | 16:05 / 23.04.2021
5607
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati davlat Soliq boshqarmasiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Akbarov Madaminjon Abdug‘ofurovich Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Madaminjon Akbarov 1972 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 1996 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1995 yilda Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi Tahlil, istiqbolni belgilash bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar Farg‘ona va Namangan viloyati DSB va Farg‘ona viloyati hududiy DSIlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 

M.Akbarov yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq nazorati bo‘limi Sayyor soliq tekshiruvlari shu'basi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Farg‘ona viloyati DSB boshlig‘ining avvalgi o‘rinbosari A.Botiraliyev Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Mavzuga oid