20:00 / 24.04.2021
7166

Artel kompaniyasi xalqaro «Markaziy Osiyo 2020 HR-brendi» mukofotiga sazovor bo‘ldi

22 aprel kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida an'anaviy «Markaziy Osiyo 2020 HR-brendi» eng yaxshi loyihalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda Beeline, Korzinka.uz, Air Astana, Efes Kazakhstan, Hilti, Kazdream, Astra Zeneca, Kazatomprom, Home Credit Bank, VTB, Leroy Merlin singari mintaqaning mashhur brendlari o‘z loyihalarini taqdim etdi.

Artel kompaniyasi ham o‘z loyihalarini taqdim etdi va «Xodimlar motivatsiyasi» loyihasi bilan «Dunyo» nominatsiyasida mukofot oldi. Artel kompaniyada xodimlarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha loyihani taqdim etdi. Ushbu loyiha Artel kompaniyalar guruhida xodimlarni boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi bilan samarali hamkorlikning natijasidir.

Artel korxonalar guruhining Xodimlar bilan ishlash departamenti rahbari Lazizbek Mamatov kompaniyaning rivojlanishi uchun doimiy ravishda takomillashtirish zarurligini ta'kidlab quyidagilarni aytdi:

– Ushbu mukofotda ishtirok etishning o‘zi kompaniyalarni HR-jarayonini tubdan qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Markaziy Osiyodagi eng kuchli kompaniyalar bilan raqobatlashish uchun siz nafaqat eng yaxshi ish beruvchi bo‘lishingiz, balki xalqaro hamjamiyatning yuqori me'zonlari va tendensiyalariga javob berishingiz kerak.

Ushbu mukofotda g‘oliblikni qo‘lga kiritish Artel kompaniyasining HR-loyihasi Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning nufuzli hakamlar hay'ati tomonidan baholanishi va tan olinishi hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida

Top