Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir sutkada 346,7 ming holat – Hindistonda koronavirus yuqtirish bo‘yicha rekord yana yangilandi
23 aprel kuni mamlakatda 332 ming, undan bir kun avval esa 314 ming holat aniqlangandi.
Hindistonda ketma-ket uchinchi kun sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordi yangilandi, deb xabar bermoqda Reuters.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, o‘tgan sutkada Hindistonda 346,7 ming nafar yangi bemor qayd etilgan, 2,6 ming kishi vafot etgan.
23 aprel kuni mamlakatda 332 ming, undan bir kun avval esa 314 ming holat aniqlangandi.
Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Hindistonda kasallik yuqtirganlar soni 16,6 mln nafarga yetgan. Mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQShdan keyingi o‘rinda turibdi. Pandemiya davrida Hindistonda 189,5 ming kishi vafot etgan.
Hukumat sog‘liqni saqlash sohasida muammolarga duch kelgan. Aksariyat shifoxonalarda tibbiy kislorod, koyka va zarur dori-darmonlar yetishmayapti, deb yozadi CNN.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026