Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL. «Paxtakor» «Traktor»ni mag‘lub eta olmay, guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi
Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida «Paxtakor» Eronning «Traktor» klubiga qarshi maydonga tushdi.
Sharjadagi bahsda Piter Xyuistra shogirdlarini faqatgina g‘alaba qoniqtirar edi, ammo Toshkent jamoasi guruhdagi besh o‘yindan to‘rtinchisida ham murosa yo‘lini tanladi. Bahsda nursid durang qayd etildi – 0:0.
Natijada «Paxtakor» guruhdagi ochkolari sonini 4taga yetkazib, 3-o‘rinda qoldi. «Traktor» hisobida esa 7 ochko bor va eronliklar 2-o‘rindan joy olgan. So‘nggi turdagi «Eyr Fors» klubiga qarshi o‘yindagi har qanday natijaga qaramay, «Paxtakor» pley-off bosqichiga chiqa olmaydi.
OChL. 5-tur
«Traktor» (Eron) - «Paxtakor» (O‘zbekiston) - 0:0
Hakam: Husayn Abu Yahyo (Livan)
«Traktor»: Muhammadrizo Axbori, Muhammadrizo Xonzoda, Hadi Muhammadi, Hamid Buhamdan, Peyman Boboyi, Saman Narimonjahon, Mehdi Tikdari, Meysam Temuriy, Abulfazl Razzoqpur, Ashkan Dejaga (Kishovarzi, 56), Milod Faxriddiniy.
«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 23.Sherzod A'zamov, 15.Yegor Krimets, 34.Farrux Sayfiyev, 19.Sharof Muhitdinov (8.Azizbek Turg‘unboyev, 56), 27.Sardor Sobirxo‘jayev (Humoyunmirzo Iminov, 86), 18.Hojimat Erkinov ( 42.Abbos Fayzullayev, 68), 10.Dragan Cheran, 28.Diyor Xolmatov (21.Abror Ismoilov, 56), 9.Eren Derdiyo‘q (17.Sherzod Temirov, 68).
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
23:18 / 02.12.2025
«Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev Superligada yil futbolchisi bo‘ldi
20:44 / 26.11.2025
OChL-2. «Andijon» beshinchi o‘yinni ham durang bilan yakunladi
20:41 / 24.11.2025