O‘zbekiston | 14:26 / 27.04.2021
9423
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yana 1 million doza vaksina olib kelindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonga o‘zbek-xitoy vaksinasidan yana 1 million doza olib kelingani haqida xabar berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

«Hozirgina Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi Xitoydan yurtimizga olib kelindi», deyiladi vazirlik xabarida.

Ushbu vaksinaning 1 million dozalik avvalgi partiyasi O‘zbekistonga shu yilning 27 mart kuni keltirilgan edi.

Shu kungacha mamlakatdagi vaksinatsiya jarayonlari uchun jami 1 660 ming doza vaksina zaxirasidan foydalanilmoqda. Ayni paytgacha emlangan 565 ming nafardan ortiq aholining 46 foizi, ya'ni 263 ming nafardan ortig‘i ZF-UZ-VAC2001 qabul qilgan.

«ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 65 yosh va undan katta yoshdagi emlanuvchilar orasida 148 ming nafardan ortiqni, tibbiyot xodimlari orasida 114 ming nafardan ortiqni tashkil qilgan. 

26 aprel kuni ZF-UZ-VAC 2001 bilan emlangan fuqarolar soni 14 522 nafarni tashkil qilib, ushbu vaksina bilan kunlik emlanish ko‘rsatkichi 68 foizga yetgan», deyiladi xabarda.

Bundan avval O‘zbekistonga vaksinasining 660 ming dozalik bir partiyasi hamda «Sputnik V» vaksinasining ikki partiyasi keltirilgan edi. Rossiya vaksinasini qo‘llash 28 aprelda boshlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, AstraZeneca vaksinasining ham yangi partiyasini keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mavzuga oid