Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» «Chelsi»ga qarshi. YeChL yarimfinali anonsi
Ikki haftalik tanaffusdan keyin klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnir yana o‘z yo‘lida davom etadi. Bugun, 27 aprel seshanba oqshomida barchaning diqqat-eʼtibori Madrid tomon qaratiladi. Chempionlar ligasi yarimfinali dastlabki bahsi doirasida «Real» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi.

«Real» 3 yil o‘tib, «Chelsi» 9 yildan keyin chiqqan cho‘qqi
Chempionlar ligasi yarimfinali «Real» va «Chelsi» uchun so‘nggi yillarda yetib borilmayotgan bosqich sifatida qolayotgandi. Madrid klubi 2018 yildan keyin ilk marta YeChL yarimfinalida maydonga tushsa, «Chelsi» 9 yil o‘tib joriy turnirning eng kuchli to‘rt klubi orasiga qo‘shildi. Londonliklar ustozi Tomas Tuxel esa 9 yil emas, 9 oy avval «PSJ» bilan birga yarimfinal va finalda ishtirok etgandi.
Kim qanday holatda?
«Real»
So‘nggi natijalari: D-G‘-D-D-G‘-G‘
So‘nggi o‘yini: «Real» - «Betis» 0:0, 24 aprel
La Ligada: 2-o‘rinda
«Chelsi»
So‘nggi natijalari: G‘-D-G‘-M-G‘-G‘
So‘nggi o‘yini: «Vest Hem» - «Chelsi» 0:1, 24 aprel
APLda: 4-o‘rinda
O‘yin oldidan kim qanday fikrda?
Zinedin Zidan («Real» bosh murabbiyi):
- Bu uchrashuv mavsumdagi eng qiyin o‘yin bo‘ladi. Chempionlar ligasi o‘ziga xos musobaqa, ammo biz bu turnirda ko‘p muhim o‘yinlarni o‘tkazdik. Yarimfinalda hech kimga oson bo‘lmaydi. Biz ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak, himoyada ham yaxshi ishlab, vaziyatlar yaratishga harakat qilamiz. «Chelsi»ni mag‘lub etish uchun bor imkoniyatni ishga solishga majburmiz.
«Chelsi» yarimfinalga qadar yetib kelish uchun katta hajmdagi ishni bajardi. Bunday fikrni «Real» haqida ham aytishim mumkin. Mavsum yakunigacha bir oy vaqt qoldi. Shu bois bir yillik mehnatimiz haqi ham har qanday holatga qaramay, mavsumning eng muhim pallasida oxirigacha kurashamiz.
Albatta, tarkib borasida muammolarimiz yetarli, ammo raqiblarimizda ham bu borada hammasi joyida deb bo‘lmaydi. «Real» qolgan barcha o‘yinda bor kuch va imkoniyatini sarflaydi.
Tomas Tuxel («Chelsi» bosh murabbiyi):
- Yarimfinalga bejizga chiqmaganimizni ko‘rsatishimiz lozim. «Real»ga qarshi yuqori darajada o‘ynay olishimizga ishonaman. Bu turnirda «Real»ga qarshi o‘ynashdan ham qiyinroq o‘yin bo‘lmasa kerak. Bu klub turnirdagi eng tajribali jamoa. Ular bizga qarshi xotirjam o‘yin ko‘rsatishsa kerak. Hozirga kelib Zidan jamoasi yaxshi sport formasiga kirgan.
Umid qilamanki, biz yodda qolarli o‘yin ko‘rsata olamiz. Bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz, bu juftlikda kim kuchliroq chiqishini o‘yin ko‘rsatadi. «Real» bilan bahs biz uchun jiddiy chaqiruv, bu o‘yindan keyin «Chelsi» yanada yaxshiroq o‘ynay olishiga ishonchim komil. «Real»ga qarshi o‘yin – bolalikdagi orzuning ro‘yobi. Bunday o‘yinlarda ishtirok etish har doimgi orzu.
27 aprel (seshanba)
YeChL. Yarimfinal. Birinchi o‘yin
ReAL – CheLSI
O‘yin boshlanish vaqti: 23:59
TV-translatsiya: UzReportTV
Taxminiy tarkiblar
«Real»: Kurtua; Karvaxal, Varan, Militao, Nacho; Kazemiro, Kroos, Modrich; Vinisius Junior, Benzema, Asensio
O‘ynamaydi: Mendi (jarohat), Ramos (jarohat), Valverde (koronavirus), Vaskes (jarohat)
«Chelsi»: Mendi; Aspilikueta, Tyago Silva, Ryudiger; Jyeyms, Jorjino, Kante, Chiluell; Maunt, Havers, Verner
O‘ynamaydi: Kovachich (jarohat).
Javob uchrashuvi: 5 may (chorshanba).
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
Mavzuga oid

08:07 / 10.07.2025
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi

11:05 / 09.07.2025
«Chelsi»da yangi yulduz porlamoqda. Joau Pedru sobiq jamoasini ayamadi va londonliklarni finalga olib chiqdi

11:26 / 06.07.2025
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi

12:15 / 02.07.2025