O‘zbekiston | 20:54 / 27.04.2021
32202
1 daqiqa o‘qiladi

Sergey Shoygu O‘zbekistonga keldi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan Buxoroda muzokaralar o‘tkazadi.

Foto: IZVeSTIYa/Zurab Djavaxadze

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Ertaga, 28 aprel kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan muzokaralar o‘tkaziladi. Uchrashuv Buxoroda bo‘lib o‘tadi.

«Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan», deyilgan Rossiya mudofaa vazirligi bayonotida.

Avvalroq, Sergey Shoyguning Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan Dushanbeda muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingandi. Tomonlar havo makonidagi chegaralar himoyasini kuchaytirish uchun Rossiya va Tojikistonning havo hujumidan mudofaa bo‘yicha birlashgan mintaqaviy tizimini yaratish to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini tayyorlagan.

Mavzuga oid