Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada kiritiladigan lokdaun xorijiy sayyohlarga taalluqli bo‘lmaydi
Turkiyada 29 apreldan kuchga kiradigan to‘liq lokdaun xorijiy sayyohlarga taalluqli bo‘lmaydi. Ular komendantlik soatiga amal qilish talabini bajarishdan ozod qilinadilar.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq og‘ir vaziyat sababli 29 apreldan 17 maygacha to‘liq lokdaun kiritilishini e'lon qilgandi.
Turkiya ichki ishlar vazirligining hujjatida mamlakatga turizm maqsadida qisqa muddatga kelgan xorijiy sayyohlar lokdaun vaqtidagi komendantlik soatiga rioya qilish majburiyatidan ozod qilinishlari ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, Turkiyada yashash huquqiga ega bo‘lgan xorijliklar yoki vaqtincha xalqaro himoya ostida bo‘lganlar komendantlik soatiga amal qilishlari kerak bo‘ladi.
Shu tariqa, sayyohlar ko‘chaga chiqishlari, jamoat transportidan foydalanishlari va o‘zlari turgan mehmonxonadan istalgan uzoqlikdagi do‘konlarga tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi.
Mamlakatda to‘liq lokdaun kiritilmaguncha ham karantin cheklovlari xorijiy sayyohlarga nisbatan amal qilmagandi. Ular transportda erkin harakatlanishgan va muzeylarga bora olishgan.
Biroq mahalliy OAVda ta'kidlanishicha, mamlakatning ba'zi sayyohlik hududlarida mahalliy aholi va yashash huquqiga ega bo‘lgan xorijliklar tomonidan ushbu qoidalarni suiiste'mol qilish holatlari qayd qilinmoqda.
Cumhuriyet nashrining yozishicha, politsiya komendantlik soati amal qilish vaqtida ko‘chada yurganlarni tekshirish uchun ko‘proq patrulni jalb qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari komendantlik soatini buzganlik uchun yashash huquqiga ega bo‘lgan o‘nlab xorijliklar va o‘zini sayyoh qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lgan bir necha mahalliy fuqaro jarimaga tortilgan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026