O‘zbekiston | 08:02 / 28.04.2021
6249
1 daqiqa o‘qiladi

28 aprel kuni O‘zbekistonga Erondan issiq havo kirib kelishi davom etadi 

Foto: KUN.UZ

28 aprelda kunduz kuni respublika hududiga Erondan issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 30-35 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida 36-38 daraja issiqqacha ko‘tariladi. 

Poytaxtda havo kam bulutli va issiq bo‘ladi. Kunduzi termometr ustuni 34 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid