Mamlakat hukumati şifokorlarning ogohlantirişlariga qaramay, vaziyatga yetarliça hozirlik körmagani uçun tanqidga uçradi.
Hindiston sönggi haftada kundalik koronavirus yuqtiriş soni böyiça dunyo miqyosida rekord örnatdi. Sönggi 24 soat içida 352,991 ta virus yuqtiriş holati qayd etildi. Bu bilan mamlakatda virusga çalinişlarning umumiy soni 16 milliondan oşdi. Soğliqni saqlaş vazirligi sönggi 24 soat içida 2812 odam nobud bölganini ma'lum qildi.


Rasmiy ma'lumotlarga köra, Hindistonda bugunga qadar 189, 544 kişi bu kasallikdan vafot etdi.
Hukumat şifoxonalarga tibbiy kislorod yetkazib berişni jadallatiş uçun maxsus ekspress poyezdlarni, havo kuçlari samolyotlari va tankerlarni işga soldi, kislorodga solinadigan bojxona soliqlarini bekor qildi.
Ammo qariyb 1,4 milliard odam yaşaydigan mamlakatda vaziyat oğir bölib qolmoqda.

Şifoxona doktori bilan suhbatlaşar ekanman, u kuyinib şunday dedi: Men ötgan haftadan beri tunlarni uyqusiz ötkazyapman. Bemorlarga yetarli yordam körsata olmayotganingizdan yiğlagudek bölasiz. Har kuni bir xil manzara: juda oz miqdorda kislorodimiz qoldi va tizim bizga faqat söz bermoqda, kislorod emas.
Şanba kuni Dehli oliy sudi infeksiyalar soni keskin köpayotganini «sunami» deb atadi va favqulodda kislorod yetkazib beriş çora-tadbirlariga tösqinlik qiladigan har qanday kişi «osilişi» haqida ogohlantirdi.
Hindistondagi yangi tölqin ilk bor mamlakat hududida aniqlangan koronavirus ştammi tufayli yuzaga kelgani aytilmoqda.


Yanvar oyida boş vazir Narendra Modi Hindistonda koronavirus ustidan ğalaba qozonganligini e'lon qilgan edi.





















