Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden AQShda federal xizmatchilar uchun eng kam ish haqini ikki baravarga oshirdi
Farmonga muvofiq, federal xizmatchilarning minimal ish haqi miqdori soatiga 15 dollargacha oshirildi.
Foto: AP
AQSh prezidenti Jo Bayden pandemiya sharoitida aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar berdi Deutsche Welle.
Farmonga muvofiq, federal xizmatchilarning minimal ish haqi miqdori soatiga 15 dollargacha – avvalgi miqdordan ikki baravardan ortiqroqqa oshirildi.
Hujjatga ko‘ra, eng kam ish haqi miqdori keyingi yilning mart oyiga qadar hozirgi 10,95 dollardan qariyb 37 foizga oshiriladi va inflatsiyaga mos tarzda oshirib boriladi. Federal agentliklar 2022 yilning 30 yanvarigacha yangi shartnomalar uchun arizalarga maoshlar oshirilishini kiritishi kerak.
AQShda federal xizmatchi deganda davlat tashkilotlariga mahsulot sotadigan yoki xizmat ko‘rsatadigan kompaniyalarda ishlovchi xodimlar tushuniladi. Amerikadagi jami ishchi-xodimlarning 22 foizi ushbu toifaga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
20:39 / 16.02.2026
Epshteyn fayllarida tilga olingan 300 nafar siyosatchi va mashhurlar ismi oshkor qilindi
11:04 / 16.02.2026
AQSh Navalniy epibatidin bilan zaharlanganiga shubha qilmayapti
20:50 / 15.02.2026
AQSh Hind okeanida yana bir tankerni ushladi
23:35 / 14.02.2026