Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada sharros yomg‘ir noodatiy toshqinlarni keltirib chiqardi
27 aprel, seshanba kuni tushdan keyin Saudiya Arabistoni janubiga yopirilgan kuchli yomg‘irlar Makka shahri ko‘chalarida suv toshqinlarini keltirib chiqardi.
Shaharning ayrim mavzelarida toshqin sabab harakatlanish butkul to‘xtab qolgan, avtomobillar bo‘yi yarmigacha suv ostida qolgan.
Internetda tarqalgan videolarda Masjidul haromda umra ibodatini ado etayotgan musulmonlar qo‘llarida soyabon bilan Ka'bani tavof qilayotganini ko‘rish mumkin.
Sinoptiklar yarimorol janubidagi yog‘ingarchilik hafta oxirigacha davom etishini aytmoqda. Biroq bu saudiyaliklarni tashvishga solyapti, deb bo‘lmaydi: mahalliy aholi vakillari noodatiy kuchli yomg‘irdan zavqlanayotgani haqida internetda ko‘plab postlar qoldirmoqda.


Ma'lumot uchun, so‘nggi haftalarda podshohlikda koronavirusga chalinish holatlari kuniga o‘rtacha mingtani tashkil etmoqda. Fevral oyida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 300 taga, dekabr-yanvar oylarida esa 200 tadan pastroqqa tushgandi.
Saudiya Arabistonida COVID-19 bilan bog‘liq jami 415 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 7 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
11:24 / 08.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026