Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada harbiylar va karen millatiga mansub isyonchilar o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar boshlandi
Myanmada karen etnik ozchiligiga mansub isyonchilar armiyaning Tailand bilan chegaradagi lagerini bosib olganlarini ma'lum qilishdi. Karen milliy ittifoqida (KNU) ta'kidlanishicha, harbiy xunta bunga javoban harbiy aviatsiya yordamida zarbalar berdi.
Mamlakatda boshlangan jangovar harakatlar oqibatida jabrlanganlar borligi haqida hech narsa ma'lum emas. Biroq Tailand armiyasi chegara yaqinidagi qishloqlardan 450 kishi xavfsiz joyga ko‘chirilganini ma'lum qilgan.
Jangovar harakatlar myanmalik harbiylar Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasining Myanmadagi tartibsizliklarni to‘xtatish bo‘yicha taklifini mamlakatda barqarorlik tiklangandan keyin ko‘rib chiqishini e'lon qilgandan so‘ng boshlangan.
Ta'kidlanishicha, KNU 2012 yilda Myanma 1948 yilda Britaniyadan mustaqilligini e'lon qilgandan keyin muxtoriyat uchun boshlagan kurashini to‘xtatishga rozi bo‘lgan.
Myanmada 1 fevralda harbiy to‘ntaruv sodir etildi. Shundan keyin mamlakatda harbiylarga qarshi norozilik namoyishlari boshlangandi va ular hanuzgacha davom etib kelmoqda.
Mavzuga oid
08:58 / 20.05.2026
NATO: AQSh harbiylarining qisqarishi xavf tug‘dirmaydi
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
08:41 / 15.04.2026
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
14:37 / 21.03.2026