Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganlik o‘quvchi bilimi orqali bir oyda 5 mln so‘m daromad qilyapti
Bu haqida Namangan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz muxbiriga xabar qildi.
Otabek Usmonov Namangan tumanidagi 16-umumta'lim maktabining 11-sinfida tahsil oladi. O‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan qahramonimiz muddatidan avval Janubiy Koreyaning “Songvon” universiteti talabasiga aylandi.

Koreys tilidan "Topic 2" darajali sertifikatga ega bo‘lib, mazkur til bilan 3 yildan buyon muntazam shug‘ullanib kelayotgan yosh, intiluvchan o‘quvchi o‘z atrofiga umumta'lim maskanidagi tengdoshlari, uka-singillarini jamlagan. Darsdan so‘ng ta'lim maskani direktori Anvarjon Mirzaliyev tomonidan ajratib berilgan xonada koreys tilidan qo‘shimcha saboqlar beradi.

Ayni paytda o‘zining 9 nafar sinfdoshini ham OTMga kirish imtihonlariga tayyorlamoqda.
Birgina maktabning o‘zida 50 dan ziyod o‘quvchi hamda mahalladoshlariga koreys tilidan saboq bermoqda.
Tinimsiz harakatlari, intilishi va bilimi unga har oyda 5 mln so‘m daromad keltirmoqda.

Mavzuga oid
08:41 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev bugun Namangan viloyatida bo‘ladi
17:30 / 19.06.2026
Namanganda IIB tergovchisi nomusga tegish jinoyatini “yopib” yuborgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
09:00 / 18.06.2026
Namanganda yirik miqdordagi giyohvandlik vositasi qo‘lga olindi
13:30 / 16.06.2026