Qonunçilik palatasi deputati, XDP fraksiyasi a'zosi Uluğbek Vafoyev «Davlat tili haqida»gi qonun loyihasining 12-moddasi böyiça partiya tutgan pozitsiyaga qarşi bölganlarni «ongsiz olomon», deb atadi. U bu haqdagi fikrlarini özining Facebook sahifasida qoldirgan.
«XDPni toşböron qilişga bel boğlagan ongsiz olomonga tuşunarli bölişi uçun soddaroq tuşuntirdik», deb yozgan siyosatçi partiya media xizmati tomonidan tayyorlangan quyidagi suratga izoh berib.

Deputatning bu posti ommaviy muloqot tarmoği foydalanuvçilarining keskin noroziligiga sabab bölmoqda.
«Men partiyaning bir ovozdan qarşi çiqqanini qoralayman. Garçi özim şu partiya a'zosi bölsam-da», – deydi foydalanuvçilar biri.
Boşqa bir tarmoq foydalanuvçisi esa partiyani «qöğirçoq kommunistlar» deb yozadi.
«Özbekistonda fuqaro sifatida muqim yaşar ekan, heç bölmasa, şunday oddiy sözlaşuv darajasida hamma özbek tilini bilişi şart deb öylayman. Aslida biladi, faqat aniq me'yor bölmagani uçun işlatmaydi yoki işlatişni xohlamaydi», – deydi Mirzohid Qodirov ismli foydalanuvçi.
E'tibor Qurdoşeva nomli foydalanuvçi esa partiya vakillari va tarmoq foydalanuvçilariga quyidagi mazmunda savol taşlaydi:
«Öz tilini himoya qilgan xalq olomon hisoblansa, XDP degan partiya qaysi yurtning partiyasi ekan? Öz tilini hurmat qilmagan deputatlar millatni hurmat qiladi deb kim ayta oladi?»
Kun.uz muxbiri Qonunçilik palatasi deputati Uluğbek Vafoyevning özi bilan boğlandi va post böyiça töliqroq izoh berişni söradi.
«Bu fikr masalaning mohiyatiga yetmay, tuşunmay, örganmay turib, faqat «dedi-dedilar» bilan fikr yuritayotganlarga aytilgan. Ayrimlar bu gapni saylovçilarga, xalqqa aytilgan deb har tomonga burişga harakat qilyapti. Özi aslida masala şundan boşlandiki, hukumat tomonidan «Davlat tili haqida»gi qonunga özgartirişlar kiritiş böyiça qonun loyihasi kiritilgan. Bu bir yil davomida Qonunçilik palatasida qömita tomonidan muhokama qilindi. Deputatlar iştirokida bir yil davomida maromiga yetkazildi. Bunda XDP partiyasi ham iştirok etgan.
Partiya hukumat tomonidan kiritilgan qonunni qöllab-quvvatladi, birorta moddasiga qarşi bölgani yöq. Lekin örtada «Milliy tiklaniş» partiyasi loyihaga öz takliflarini bera boşladi. Bunda biz şu partiya bergan takliflargagina qarşi bölganmiz. Odamlar buni bizning qonun loyihasiga qarşiligimiz emas, balki «Milliy tiklaniş»ning takliflariga qarşiligimiz deb tuşunişi kerak», – dedi siyosatçi.
Unga köra, hukumat tomonidan quyi palataga kiritilgan qonun loyihasining 12-moddasida «fuqarolar davlat organlariga istalgan tilda murojaat qilişlari mumkin», – deb yozilgan bölgan.
Uluğbek Vafoyevga köra, «Milliy tiklaniş» partiyasi murojaat degan sözni faqat yozma deb tuşunyapti.
«Lekin murojaat oğzaki ham bölişi mumkin. Bu – partiya vakillarining «xomligi», – ta'kidladi deputat.
U Kun.uz muxbiri tomonidan berilgan «Har qanday davlatda ham fuqarolar davlat organlariga davlat tilida murojaat qiladi, nega Özbekistonda bunday bölmasligi kerak?» mazmunidagi savolga «hamma joyda ham emas», deya javob berdi. Ammo u davlat organlariga istalgan tilda murojaat qilinadigan mamlakat yodida emasligini aytib, bu böyiça qömitalarda ma'lumot borligini bildirdi.
Gap nimada özi?
27 aprel kuni Qonunçilik palatasi yalpi majlisida har doim ham bölavermaydigan qarama-qarşiliklar kuzatildi.
«Davlat tili haqida»gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqiş jarayonida deputatlar loyihaning 12-moddasi böyiça ikkita katta tarafga bölinişdi.
Natijada loyiha qabul qilinmay, muhokamasi uçinçi öqişga qoldi. Bunda Xalq demokratik partiyasi deputatlarining «xizmati» katta böldi, desak yanglişmagan bölamiz.
Loyihaning 12-moddasida nima deyilgan?
Moddaning «Milliy tiklaniş» DP fraksiyasi tomonidan taklif etilgan tahririda:
- jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlari va davlat muassasalari, ularning mansabdor şaxslariga davlat tilida va boşqa tillarda murojaat qiliş huquqi ta'minlanişi;
- boşqa tillarda murojaat qilingan taqdirda murojaat matnining davlat tiliga tarjimasi ilova qilinişi şartligi;
- jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga javoblar davlat tilida bayon qilinişi nazarda tutilgan.
Moddaning Qonunçilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi tomonidan taklif qilinayotgan tahririda esa:
- Jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlari va davlat muassasalari, ularning mansabdor şaxslariga davlat tilida va boşqa tillarda murojaat qiliş huquqi ta'minlanişi;
- jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinişi nazarda tutilgan.
12-moddaning «Milliy tiklaniş» taklif etgan tahririda davlat tili mavqeyini kötarişga qaratilgan qoidalar belgilangan. Qömita ilgari surgan variantda esa davlat tilini rivojlantiriş emas, uning şu paytgaça bölib kelgan beqadrligini yanada mustahkamlaydigan qoidalar aks etgan.












