Davlat idoralariga murojaatlar davlat tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif deputatlar tomonidan ma'qullanmadi
«Milliy tiklanish» DP fraksiyasining davlat idoralariga murojaatlar davlat tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklifi parlamentda qabul qilinmadi.
«Davlat tili to‘g‘risidagi» qonunning yangi tahriri parlamentda muhokama qilinmoqda. «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirovning ma'lum qilishicha, partiya fraksiyasining «Davlat idoralariga murojaatlar davlat tilida bo‘lsin, boshqa tilda bo‘lsa davlat tiliga tarjimasi ilova qilinsin, javoblar davlat tilida bo‘lsin», degan taklifi Qonunchilik palatasi vakillari tomonidan qabul qilinmagan.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, bu taklifni 58 nafar deputat ma'qullagan, 48 vakil qarshi chiqqan, 12 kishi ovoz bermagan va 5 vakil betaraf qolishni afzal bilgan.
Shu tarzda 65/58 nisbatda bu taklif qabul qilinmagan.
E'tiborli jihati – qarshilarning ko‘pchiligi XDP vakillaridir.
«Bir hamkasbimizning «bizga va farzandlarimizga o‘zbek tilini o‘rganish qiyin, biz o‘z tilimizda murojaat qilishni xohlaymiz» degan gapi ham g‘ururiga tegmagan 65ta deputat...
O‘zbek tili ojiz... Bu masalaga, o‘lmasak, 10 yildan keyin qaytarkanmiz. Hozircha uzr, ovozimiz kamlik qilyapti», – deya yozadi Alisher Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, bunday fikrlar Alisher Qodirov tomonidan ilgari ham bildirilgan.
«Qonun loyihasi muhokamasida XDPning sovetcha qarashlari va «Milliy tiklanish»ni azaldan jini suymaydiganlar bilan qonunga jiddiy e'tibor bermayotganlarning kayfiyatlari ustuvorlik qilmoqda. O‘zbek tili qadrini ko‘tarish va uning ustuvorligini ta'minlash uchun kiritayotgan takliflarimiz «qolgan millatlarni xafa qilib qo‘ymasligimiz kerak» yondashuvi bilan qabul qilinmay qoladigandek», – deya yozgandi u.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JPMorgan: Trampning bojlarni ko‘rib chiqishi turg‘unlik xavfini kamaytirmadi
Jahon | 13:38
-
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda
Iqtisodiyot | 13:31
-
Boosty servici deyarli 30 ga yaqin «chet el agenti»ning akkauntini blokladi
Jahon | 13:23
-
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00
Mavzuga oid

23:03 / 07.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi

11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida

14:01 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi

16:14 / 31.01.2025