O‘zbekiston | 07:44 / 30.04.2021
8138
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonga salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi 

Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30 daraja issiqni tashkil etadi. 

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 26-28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid