Jahon | 21:17 / 30.04.2021
5373
2 daqiqa o‘qiladi

ShHT davlatlari yetakchilari Dushanbeda o‘tadigan yubiley sammitda ishtirok etishini tasdiqlashdi

Shanhay hamkorlik tashkilotiga a'zo barcha davlatlar yetakchilari tashkilotning Dushanbeda 16–17 sentyabrda o‘tadigan yubiley sammitida ishtirok etishlarini tasdiqlashdi. Bu haqda Rossiya prezidentining ShHT masalalari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov ma'lum qildi.   

«Yubiley sammitga barcha yetakchilar borishga tayyorlar», deb ta'kidlab o‘tgan Hakimov.

Uning ta'kidlashicha, ShHT tashkil etilganining 20 yilligiga bag‘ishlanadigan Dushanbedagi sammit katta ko‘lamli madaniy dasturni ham o‘z ichiga oladi.

«Tojikiston tomoni ShHT haqida xronikal-hujjatli film tayyorlamoqda va uchun materiallar izlash bilan shug‘ullanmoqda. Tashkilotning 20 yilligiga 10 yilligidagi kabi ShHTning yubiley medali chiqariladi», deb ma'lum qilgan diplomat.

ShHTni tashkil etish haqidagi deklaratsiya 2001 yil iyunda Shanhayda 6ta davlat – O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasida imzolangan. 2017 yilda Hindiston va Pokiston ham ShHTning to‘laqonli a'zolariga aylangan. Tashkilot faoliyatida, shuningdek, 4ta kuzatuvchi davlat – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston hamda 6ta hamkor davlat – Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka ishtirok etadi.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid