Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya turistlar uchun ochilmoqda
15 maydan koronavirusga qarshi vaksinaning ikki dozasi bilan emlangan yoki manfiy natijali testga ega bo‘lgan turistlar Gretsiyaga karantinga rioya qilish talabisiz kelishlari mumkin bo‘ladi.
Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis mamlakatdagi cheklov choralari bekor qilinishi rejasini e'lon qildi.
Mamlakatda 3 maydan boshlab mijozlarga tashqarida xizmat ko‘rsatuvchi restoran va qahvaxonalar, 10 maydan esa maktablar ochiladi.
15 maydan koronavirusga qarshi vaksinaning ikki dozasi bilan emlangan yoki manfiy natijali testga ega bo‘lgan turistlar Gretsiyaga karantinga rioya qilish talabisiz kelishlari mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga mamlakatda amal qilib kelayotgan komendantlik soati saqlanib qoladi. Faqat endilikda rejim soat 21dan emas, balki 23dan boshlanadi.
Gretsiyada o‘tgan yil noyabrda lokdaun rejimi joriy etilgandi.
Worldometer sayti ma'lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon Gretsiyada 343 mingga yaqin kishi koronavirus yuqtirgan, 10,3 mingga yaqin bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
22:50 / 03.06.2026