Amerika Qöşma Ştatlari va «Tolibon» vakillari tomonidan 2020 yil 29 fevralda tuzilgan şartnomaga köra, AQŞ hamda NATO ittifoqçilari 14 oy içida öz qöşinlarini Afğoniston hududidan olib çiqişi nazarda tutilgan edi. Bu jarayon saylovlarda Jo Baydenning ğalabasidan keyin savol ostida qolganiga qaramasdan, AQŞning yangi prezidenti 2021 yil 11 sentyabrgaça barça qöşinlar Afğonistondan olib çiqilişini ma'lum qildi.

Xalqaro terrorizm markazi sifatida e'tirof etiladigan, giyohvand moddalar yetiştirişda yuqori örinlarda boruvçi va 30 yildan oşiq vaqt davomida fuqarolar uruşi girdobida bölgan Afğoniston xalqaro aksilterror kuçlar çiqib ketişidan söng mintaqadagi siyosatga sezilarli ta'sir körsatişi mumkin.

Birinçi ssenariy: «optimistik taraqqiyot»

Şunisi aniqki, Qöşma Ştatlar harbiy kontingentining evakuatsiya qilinişi mamlakatni siyosiy vakuum holatida qoldirib ketadi. Agar rasmiy hukumat va «Tolibon» vakillari özaro kelişuvga erişa olsa hamda xalqaro şartnomada kelişilgan bandlarga amal qilişsa, Afğoniston tinçligi va taraqqiyoti uçun xizmat qiladigan keng kölamli islohotlarni boşlaş imkoniyati yaratiladi. Buning uçun, avvalambor, rasmiy Kobul va «Tolibon» vakillari davlat tuziliş şakli, boşqaruv tizimi va xalqaro hamkorlari borasida yagona kelişuvga erişişi talab etiladi.

Vaholanki, uşbu masalada bir-biriga qarama-qarşi bölgan savollar bisyor: Afğoniston federatsiyaga aylantiriladimi yoki respublikaligiça qoladimi? Davlat boşqaruv şakli «Tolibon» talab qilayotgandek diniy yönalişda quriladimi yoki dunyoviy boşqaruv amaliyoti qöllanadimi? Agar dunyoviy davlat böladigan bölsa, «Tolibon» «yangi hayot tarzi»ga qançalik tolerantlik körsata oladi? Asosiy xalqaro hamkor sifatida «Tolibon» xohlayotgan Pokiston tanlanadami yoki rasmiy hukumat aloqalarini rivojlantirib borayotgan Hindistonmi? Holbuki, Hindiston va Pokiston geosiyosiy nuqtayi nazardan strategik raqib davlatlar hisoblanişadi.

Ikkinçi ssenariy: «Vetnam sindromi»

Qöşma Ştatlar tomonidan qoldiriladigan siyosiy vakuum mintaqadagi özining yirik dasturlarini ilgari surayotgan Xitoy tomonidan töldirilişi mumkin. Aynan Afğoniston hududiga kiruvçi Vahan koridori tarixan Buyuk ipak yölining toğlar orasidan kesib ötuvçi darasi bölgan. Pekinning uşbu yöl orqali savdo-sotiq va infratuzilmani qayta tiklaş borasidagi ambitsiyalari Xitoy hukumatining Afğoniston borasidagi siyosatini faollaştirişi mumkin. Şuningdek, dunyoda yetakçi davlatga aylanişga urinayotgan Xitoy şu orqali şarqiy çegaralarida öziga xos «bufer zona» ham yaratib oladi. Lekin aynan nega Qöşma Ştatlar strategik raqobatçisiga Afğoniston böylab harakatlanişi uçun «yaşil yölak» oçib berdi?