Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya chempionati. «Inter» chempion bo‘lib, «Yuventus»ning 9 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi
Italiya A Seriyasining 34-turiga kelib chempion nomi aniq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Atalanta» mehmonda «Sassuolo» bilan durang o‘ynadi va chempion bo‘lish uchun nazariy imkoniyatni yo‘qotdi. Shu tariqa Milanning «Inter» klubi 19-marta Italiya chempioni degan nomni qo‘lga kiritdi.
Hozirda «Inter»da 82 ochko bor, «Atalanta»da esa 69 ochko. Endi bergamoliklar qolgan 4 o‘yinda yengib, «Inter» barcha o‘yinlarni yutqazsa ham milanliklarga yetib olish imkonsiz. Shu tariqa Antonio Konte murabbiyligidagi «Inter» klubi «Yuventus»ning A Seriyadagi gegemonligiga chek qo‘ydi. Oxirgi marta 2010/11 yilgi mavsumda «Milan» Italiya chempioni bo‘lgan, shunday keyin faqat «Yuventus» A Seriyada g‘olib bo‘lib kelayotgandi. Qizig‘i, 2012 yilda «Yuventus»ning gegemonligini murabbiy sifatida aynan Antoni Konte boshlab bergandi. Murabbiy 9 yil o‘tib «Inter» bilan o‘zi boshlagan gegemonlikni to‘xtatdi.
«Inter» oxirgi marta 2010 yil Joze Mourino boshchiligida Italiya chempioni bo‘lgandi. O‘shanda jamoa chempionat va kubokdan tashqari YeChLda ham g‘olib bo‘lib, oltin trebl qayd etadi. Ungacha «Inter» ketma-ket 5 yil Italiya chempioni bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, A Seriyada chempion bo‘lish bo‘yicha «Yuventus» yaqqol peshqadam hisoblanadi (36 marta). Hozirgacha «Inter» va «Milan» 18 tadan sovrin bilan ikkinchilikni bo‘lishib turgandi. «Inter» bu g‘alabadan keyin 19 ta skudetto bilan hamshaharini ortda qoldirdi. Keyingi o‘rinda 9 ta chempionlik bilan «Jyenoa» bormoqda.
Mavzuga oid
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
01:49 / 01.06.2025