O‘zbekiston | 10:30 / 03.05.2021
17440
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident shu hafta korrupsiyaga qarshi kurash masalasi bo‘yicha videoselektor o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati brifingida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, rejalashtirilgan videoselektor davomida davlat organlari, hokimlarning hisobotlari eshitiladi.

“Oxirgi vaqtlarda kuzatilayotgan voqealarni, fosh bo‘layotgan korrupsion holatlarni eshityapsizlar. Bu haqda avvalgi selektorlarda ham aytildi. “Andisha qilish davri tugadi. Hamma birdek – qonun ustuvor, jazo muqarrar”, dedi prezidentimiz. Bu masala doimiy nazoratda va yaqin orada alohida selektor tashkil etilayotgani korrupsiyaga qarshi kurashish murosasiz tus olayotganini bildiradi”, deydi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Shuningdek, chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish, Tokio olimpiadasiga sportchilarni tayyorlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar bo‘lishi kutilmoqda. Qishloq xo‘jaligi texnikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha taqdimot o‘tkazilishi ham mo‘ljallangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid