Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV vakillari va blogerlar uchun “O‘zbekneftgaz” AJ Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga press-tur tashkil etildi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga press turga taklif etilgan jurnalist va blogerlar zavod tarixi, bugungi kuni, ishlab chiqarish jarayonlari, texnik xavfsizlik va boshqa bir qator jarayonlar bilan tanishishdi.
Bu qalamkashlarning guruh bo‘lib zavod hududiga o‘tgan 24 yil ichida ilk tashrifi. Zavod Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan. Zavodni barpo etish ishlari 1993 yilda boshlangan bo‘lib, 1997 yilning 22 avgustida qurilish ishlari yakunlanib, ishga tushirilgan.


Mehmonlarga joriy yilning yanvar oyidan boshlab ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan «QuWatt» brendi ostida AI-95 rusumidagi avtobenzinning ishlab chiqarish jarayoni namoyish etildi.
Zavod qurilishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va qurilish jarayonida xorijiy mamlakatlarning ko‘pgina banklari, kompaniyalari va firmalari ishtirok etdi. Loyihaning texnologik qismini amalga oshirish uchun Fransiyaning «Technip» firmasi, Yaponiyaning «Marubeni» va «JGC» kompaniyalari ishtirokida konsorsium tashkil etildi, Turkiyaning «Gama» kompaniyasi va O‘zbekistonning quruvchilari qurilish-montaj ishlarini bajardi.


2006-2008 yillarda ishlab chiqarilgan dizel yoqilg‘isi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida yozgi va qishki turdagi ekologik xavfsiz «EKO» dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zlashtirildi.
2007-2009 yillarda ishlab chiqarishga yangi mahsulotlarni – «Boeing» va «Airbus» havo laynerlari uchun standart yoqilg‘i bo‘lgan «Jet A-1» gaz turbinali dvigatellari uchun aviatsiya yoqilg‘isini ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.


Shu maqsadda zavod ustaxonalarining texnologik infratuzilmasi modernizatsiya qilindi va yangi turdagi aviatsiya yoqilg‘isini saqlash uchun sig‘imlar tayyorlandi - ularning ichki yuzasiga maxsus qoplama surildi. Zavod tahlilxonasi zamonaviy laboratoriya uskunalari va xalqaro standartlarga muvofiqligini tekshirish uchun asboblar bilan jihozlangan.
2009 yil avgust oyidan buyon amalga oshirilgan ishlar natijasida «Buxoro NQIZ» «JetA-1» aviatsiya yoqilg‘isini sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi va shu kungacha u bilan «Uzbekistan Airways» AJ, «Uzbekistan airports» AJ, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi kabi iste’molchilarning doimiy ravishda ta’minlab kelmoqda.

2008 yildan beri bo‘yoq va laklar ishlab chiqarishda ishlatiladigan muhim tarkibiy qism bo‘lgan “C4-135 / 220” markali uglevodorod eritgichi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘iga asosan, tizimdagi neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, iste’molchilarni sifatli neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida qator ishlar bajarildi, — deydi jurnalistlar bilan suhbatda zavodi bosh muhandisi B.Mustafoyev. — O‘z navbatida, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida avtobenzin va dizel yonilg‘ilarini ishlab chiqarish bo‘yicha choralar ko‘rildi. Natijada, Germaniyaning «BASF Se» kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilib, zavodda «QuWatt» brendi ostida AI-95 rusumidagi avtobenzin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi».

Ommaviy axborot vositalari vakillariga mutaxassislar tomonidan «QuWatt» AI-95 rusumidagi avtobenzinning qator afzalliklari haqida batafsil axborot berildi. Shu bilan birgalikda, zavodda sodir bo‘ladigan texnogen holatlar, yong‘in yoki boshqa tabiiy ofatlar paytida tezkor harakatlarni o‘zida aks etgan o‘quv mashg‘ulotlari namoyish etildi.
Behzod Adizov tayyorladi.
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025