Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 may kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda
Foto: KUN.UZ
4 mayda kunduz kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Beqarorlik faqat Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida saqlanib turishi kutilmoqda, ushbu viloyatlarda kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-35 daraja issiqni tashkil etadi.
Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:47 / 26.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:15 / 26.01.2026
Hafta davomida hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
11:56 / 23.01.2026
Hafta oxirida havo biroz ilishi kutilmoqda
10:49 / 23.01.2026