Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Air India uchuvchilari koronavirusga qarshi emlanmaguncha ishga chiqmasligini bildirdi
Narendra Modi boshchiligidagi Hindiston hukumati mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir qilishidan xavotirlanib lokdaun joriy etishni istamayapti.
Hindistonning Air India aviakompaniyasi uchuvchilari koronavirusga qarshi emlanmaguncha ishga chiqishdan bosh tortmoqda.
"Ekipajning tibbiy qo‘llab-quvvatlovisiz, sug‘urtasiz va maoshlar qisqartirilgan vaziyatda uchuvchilarimizni emlanmasdan ishlashda davom etishiga yo‘l qo‘yolmaymiz", - deyiladi uchuvchilar kasaba uyushmasining Air India rahbariyatiga yo‘llagan maktubida.
Oxirgi haftalarda mamlakatda epidemiologik vaziyat keskin yomonlashdi. Shifoxonalar bemorlarni qabul qilmayapti, krematoriylar ulgurmayotgani sababli vafot etgan bemorlarning jasadlari gulxanda yoqilmoqda.
Narendra Modi boshchiligidagi Hindiston hukumati mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir qilishidan xavotirlanib lokdaun joriy etishni istamayapti.
Pandemiya boshlanganidan buyon Hindistonda koronavirus yuqtirganlar soni 20 mln nafardan oshdi. 4 may kuni 355 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026