Hindistondagi hayvonot bog‘ida sakkizta sher koronavirus bilan kasallandi

Image: Shutterstock
Hindistonda ilk bor yovvoyi hayvonlarda koronavirus aniqlandi. Times of India nashrining xabar berishicha, virus Haydarobod shahri hayvonot bog‘idagi sakkizta sherda aniqlangan.
«O‘tgan yil aprelida Nyu-Yorkning Bronks tumanidagi hayvonot bog‘ida 8ta yo‘lbars va sherda koronavirus aniqlangandan keyin boshqa hech qayerda yovvoyi hayvonlar orasida bunday holatlar qayd qilinmagandi. Biroq ta'kidlash joiz, virus Hongkongda it va mushuklarda ham aniqlangan», deb aytgan Hindistonning yovvoyi tabiat tadqiqotlari markazi rahbari Shirish Upadxe.
Hayvonot bog‘ida ishlovchi veterinarlar aprel oxirida sherlarda ishtaha yo‘qolishi, burundan suyuqlik ajralishi va yo‘talni payqashgan. Ta'kidlanishicha, hayvonot bog‘idagi 160 kvadrat metr maydonga ega safari-zonada 10 yoshgacha bo‘lgan 12ta sher yashaydi. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ulardan 4ta erkak va 4ta urg‘ochi sherda virusga tahlil musbat natija bergan.
Veterinarlar yirtqich hayvonlarning burni va tomog‘idan namunalar olib, Haydaroboddagi hujayraviy va molekulyar biologiya markaziga jo‘natishgan. Markaz olimlari sherlar virusning aynan qaysi shtammi bilan kasallanganini aniqlashlari kerak bo‘ladi.
Ayni vaqtda Hindistonda koronavirus bilan o‘ta og‘ir vaziyat kuzatilmoqda. Mamlakatda virusga chalinganlar soni 20,3 mlndan, vafot etganlar soni 220 mingdan oshib ketdi. Oxirgi haftalarda Hindistonda virusning rekord sur'atlar bilan tarqalishi kuzatilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeIga nomzodlarga Rossiyadagi paradga bormaslik kerakligi aytildi
Jahon | 08:46
-
TSAHAL G‘azodagi operatsiya strategiyasini radikal o‘zgartirdi
Jahon | 08:45
-
Harvard professorlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi - gap 9 mlrd dollar haqida
Jahon | 08:22
-
Harvard professorlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi - gap 9 mlrd dollar haqida
Jahon | 08:22
Mavzuga oid

19:23 / 14.04.2025
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi

21:17 / 10.04.2025
Apple Tramp tariflarini chetlab o‘tish uchun Hindistondan 1,5 million dona iPhone olib chiqadi

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

20:44 / 01.04.2025