Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Juftlik sifatida o‘sishimizga ishonmadik» – Bill Geyts xotini bilan ajrashayotganini e'lon qildi
Uzoq vaqt dunyoning eng boy odami bo‘lgan amerikalik Bill Geyts rafiqasi Melinda bilan ajrashayotganini ma'lum qildi. Bu haqda milliarder o‘zining Tvitterdagi sahifasida yozdi.
— Bill Gates (@BillGates) May 3, 2021
«Uzoq yil birgalikdagi turmush va faoliyatimizdan keyin nikohimizni tugatishga qaror qildik. 27 yillik turmushimiz davomida uch nafar ajoyib bolalarni tarbiyaladik va ko‘pchilikka foyda keltirgan fondni yaratdik. Biz birgalikda ishlashda davom etamiz, lekin juftlik sifatida ortiq o‘sa olishimizga ishonmayapmiz. Hayotimizda yangi sahifa ochayotganimiz uchun oilamizda tinchlik bo‘lishini xohlaymiz», degan Bill Geyts o‘quvchilariga murojaatida.
Ayni damda boyligi 130 milliard dollarga baholanayotgan Bill Geyts Microsoft kompaniyasi asoschisi hisoblanadi va 1996-2007, 2009-2016 yillarda dunyoning eng boy odami bo‘lib kelgan. U milliarderlar orasida eng ko‘p xayriya ishlarini olib borgani bilan ham mashhur. Bill va Melinda Geytsning fondi 2016 yilgacha 31 milliard dollardan ortiq xayriya uchun sarflagani ma'lum. U o‘z vaqtida barcha milliarderlarga «Saxiylik qasami» nutqi bilan murojaat qilib, pullarining yarmini xayriya qilishni taklif etgandi.
1955 yilda tug‘ilgan Geyts o‘tgan yili Microsoft direktorlar kengashidan chiqqan va hozirda kompaniyaning 1,37 foiz aksiyalariga egalik qiladi. Bu 26 milliard dollarga teng degani. Oxirgi yillarda xotini bilan birgalikda ochlikdan qiynalayotgan davlatlarga xayriyalar qilgan milliarder koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun ham kattagina mablag‘ sarfladi.
Bill Geyt 2009 yildan buyon an'anaviy tarzda yil yakunlari bo‘yicha ma'ruza qilib keladi. U 2010 yildayoq vaksinatsiyaning muhim ekanini aytib keladi. Shuningdek, milliarder onlayn ta'lim hali asosiy ta'lim yo‘nalishiga aylanishini ham 2010 yilda aytgandi. Geyts insoniyat uchun keyingi dushman urush ko‘rinishida emas, virus ko‘rinishida bo‘lishini aytgani koronavirus paydo bo‘lgach ko‘p eslandi va shu sabab Geyts virusni yaratgan degan ayblovlar ham ilgari surildi.
Mavzuga oid
17:24 / 05.02.2026
Bill Geytsning sobiq rafiqasi uni Epshteyn fayllari bilan bog‘liq «savollarga javob berish»ga chaqirdi
19:54 / 10.12.2025
Ash-Shar’adan Bill Geyts, Klintongacha: Doha forumi qanday o‘tdi?
07:45 / 17.11.2025
Bill Geyts: sun’iy intellekt atrofida «dotkomga o‘xshash pufak» yuzaga kelgan
22:17 / 08.05.2025