Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyingi yildan davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilish majburiy bo‘ladi - Prezident
Har bir idorada haftaning bir kuni xorijiy tillarni o‘rganish kuni etib belgilanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirishga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.
Har bir vazirlik, idora, davlat kompaniyalari va yirik xususiy korxonalarda chet tillarini o‘rganishni ommalashtirish maqsadida haftaning bir kuni xorijiy tillarni o‘zlashtirish va o‘rganish kuni etib belgilanadi.
«Viloyat hokimlari nodavlat ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikda chet tili olimpiadalarini yo‘lga qo‘ysin. Ikki hafta muddatda, nodavlat ta'lim tashkilotlari va xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha qaror loyihasi kiritilsin. Bunda, kredit foizlari xarajatlarining bir qismi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
Shuningdek, ijarada turgan o‘quv markazlari ijara to‘lovi xarajatlarining 50 foizgacha qismiga subsidiya ajratiladi hamda davlat mulki obektlarida faoliyat yurituvchi tashkilotlar ijara to‘lovidan ozod etiladi.
Har bir vazirlik, idora, davlat kompaniyalari va yirik xususiy korxonalarda chet tillarini o‘rganishni ommalashtirishimiz zarur. Bunda haftaning bir kuni xorijiy tillarni o‘zlashtirish va o‘rganish kuni etib belgilanadi.
Buning uchun, vazirlik va idoralar, hokimliklar oliygoh va xususiy ta'lim tashkilotlari mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qilib, xodimlarga chet tilini o‘rgatishni va xorijiy tillarda ishlashni yo‘lga qo‘yadi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, kelgusi yildan boshlab davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilishning majburiy talabi kiritilishi ma'lum qilindi.
«Chet tilini chuqur egallagan xodimlarning ish haqiga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama belgilash tartibi joriy etiladi.
Yil yakuniga qadar xususiy sektor bilan hamkorlikda, tilni o‘rgatuvchi interaktiv materiallarning internet-platformasi va mobil ilovalarini yaratib, maktab va bog‘chalarda ommabop videodarslardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yiladi.
Keng aholi qatlamining nutq va muloqotini rivojlantirishga qaratilgan chet tillaridagi multfilm, hujjatli va badiiy filmlarni hamda eshittirishlarni ko‘paytiriladi. Bunga taniqli madaniyat va san'at vakillari, sportchi va blogerlarni faol jalb qilish zarur.
Uch oy muddatda ko‘rsatuv va eshittirishlar 24 soat davomida to‘liq chet tillarida efirga uzatiladigan yangi tele- va radiokanallarni ishga tushiriladi. Bunda har kuni kamida 3 soatlik dastur xorijiy tillarni onlayn o‘rgatishga ajratiladi.
Ikki oy muddatda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, joylardagi 128ta IT-markazlarida yoshlarni chet tillariga «onlayn» o‘rgatish kurslarini yo‘lga qo‘yilsin. Bunda til o‘rganish xarajatlarining bir qismi Yoshlar jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
Shuningdek, ikki oy muddatda xorijiy tillarni o‘rgatish yuzasidan mahalliy elektron dasturlarni ishlab chiqish «startap» loyihalari bo‘yicha tanlov e'lon qilinsin. Bunda tanlov g‘oliblariga kamida 100 million so‘m mablag‘ ajratiladi va kelgusi 5 yil davomida qo‘llab-quvvatlanadi», dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026