Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiyada xizmat qilish orzusi sarobga aylangan kitoblik yigit bilan bog‘liq sud davom etdi

Foto: KUN.UZ
3 may kuni o‘tkazilishi lozim bo‘lgan sud ayrim sabablarga ko‘ra ikki kun qoldirilgan holda 5 may kuni bo‘ldi.
Unda guvoh Otabek Haqberdiyev va qo‘shimcha guvoh Feruza Qosimova erkin ko‘rsatma berdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Otabek Haqberdiyev voqea bo‘lgan kuni ko‘chadan uyiga mashina bilan kechki payt kelgan. Mashina yonidan bir kishi o‘tganini, Shahzodligini tahmin qilgani uchun mashinadan tushib chaqirganida darvozasini yoniga behol o‘tirganini, yuzidagi qonni ko‘rganini aytdi.
«Kitob tumani shifoxonasiga olib bordim. Otabek ismli shifokor Ko‘z kasalliklari shifoxonasiga borish kerakligini aytdi. Shundan keyin Shahrisabz tumanidagi Ko‘z kasalliklari shifoxonasiga bordik, lekin 2 nafar hamshiradan boshqa hech kim yo‘q ekan. Shifokorlar maosh to‘lanmagani uchun ish tashlash qilganligini, Samarqandga olib borish lozimligini aytishdi» – deydi O.Haqberdiyev.
Tun ekanligi va «Damas» rusumli mashinada bo‘lganligi, ertalab ishga borishi lozimligi sababli Xadicha opani kuyovi boshchiligida taksi bilan Samarqandga jo‘natgan.
Shundan keyin qo‘shimcha guvoh Feruza Qosimova so‘roq qilindi. U Xadicha opa bilan avvaldan tanish bo‘lgan. Voqea haqida sodir bo‘lgan kunning ertasiga Xadicha opani uyiga kelganida qo‘shnilaridan eshitgan. 2 kundan keyin qayta kelganida opa uyda bo‘lib, kirganida xonadonda devorlar, pardalar qon, hamma narsa sochilib yotganini, tergovchi Hulkar Ne'matova guvoh sifatida hujjatga qo‘l qo‘ydirganini aytdi.
F.Qosimova guvohlik berishicha, tergovchi H.Ne'matova Xadicha Husinova bilan oradagi shaxs sifatida foydalangan. Qarz shartnomasidan keyin Jovli Xasanovning uyi kadastr hujjatlarini olib berganini, hujjat X.Husinova olmagani uchun o‘zida turganini ham aytdi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, Dadaxon Hasanovga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan ayblov e'lon qilingan va tergov davrida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Sud ishi 7 may sanasiga qadar tanaffus e'lon qildi.
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistondagi yo‘lovchi poyezdlari tezligi oshiriladi
O‘zbekiston | 13:06
-
ChatGPT-5 tezroq va aqlliroq, ammo hamon GPT-4.5 dan ortda ekani ma’lum bo‘ldi
Fan-texnika | 12:31
-
O‘zbekistonda 14 avgustdan havo harorati biroz pasayadi
O‘zbekiston | 12:18
-
Tramp va Putin harbiy bazada uchrashadi – CNN
Jahon | 12:11
Mavzuga oid

18:43 / 07.08.2025
Yakkasaroyda mehmonxona qurilishi bo‘yicha sud davom etmoqda

09:45 / 02.08.2025
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi

08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

18:40 / 29.07.2025