Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryodagi AYoQShda yuz bergan portlash natijasida bir kishi vafot etdi
2021 yilning 4 may kuni soat 09:30da Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani Ozod mahallasi hududida joylashgan MChJga qarashli qurilishi tugallanmagan AYoQSh binosida payvandlash ishlarini olib borayotgan 52 yoshli Abdunazar A. shoxobcha hovlisida joylashgan 20-25 tonnalik benzin va dizel yonilg‘isini saqlash uchun mo‘ljallangan sisterna ustiga bir o‘zi payvandlash uskunasini olib chiqqan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u payvandlash ishlarini boshlagan vaqtida sisterna ichida yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgani natijasida yong‘in kelib chiqqan. Ushbu yong‘in oqibatida Abdunazar A. “butun tanasining 90-95 foiz termik kuyishi” tashxisi bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan MChJ rahbari, 45 yoshli Nuriddin I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
19:47 / 18.04.2026
Rossiyada chiqindi yuklash paytida yuz bergan portlash oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi
23:08 / 09.04.2026
“Vaqt yo‘qotyapmiz” - haydovchilar zapravkalarda naqd to‘lovning to‘xtatilgani haqida
09:27 / 07.04.2026