Sport | 21:20 / 06.05.2021
10329
2 daqiqa o‘qiladi

Tokio Olimpiadasida qatnashadiganlar qaysi vaksinalar bilan emlanishi ma'lum qilindi

Avvalroq musobaqalar davomida sportchilarga nisbatan amal qiladigan cheklov choralari e'lon qilingandi.

Foto: Reuters

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Tokio Olimpiadasi qatnashchilari emlanadigan vaksinalarni tanlab oldi. Bu haqda qo‘mita saytida xabar berilmoqda.

Xabar qilinishicha, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari Pfizer va BioNTech vaksinalari bilan emlanadi.

Avvalroq Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari musobaqalar davomida sportchilarga nisbatan amal qiladigan cheklov choralarini e'lon qilgandi.

Xususan, sportchilar har kuni koronavirusga test topshiradi. Ularga jamoat transportidan foydalanish taqiqlanadi. Barcha qatnashchilar faqat olimpiya obektlaridagi maxsus ajratilgan joylarda va o‘zlari turgan mehmonxonadagina ovqatlanishi mumkin.

 Bundan tashqari, sportchilarning maxsus niqob taqmagan odamlar bilan muloqot qilishi taqiqlanadi. Shuningdek, ular bir metr ijtimoiy masofa saqlashlari lozim.

Tokio Olimpiadasi 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, ammo koronavirus pandemiyasi sababli o‘yinlar bir yil keyinga ko‘chirilgan va shu yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha bo‘lib o‘tadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid