O‘zbekiston | 15:44 / 07.05.2021
7818
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Foto: KUN.UZ

Bugun respublika bo‘yicha bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 25-30 daraja issiqni tashkil etadi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga barcha hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam. Havo harorati kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

9 may, yakshanba kuni janubdan bulutli massivlar kirib keladi, buning hisobiga respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 13-18 daraja iliqni, kunduzi 25-30 daraja issiqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid