Odamlarning qöl telefoniga qönğiroq qilib, özini Markaziy bank, tijorat banki, tölov taşkiloti yoki tölov tizimi xodimi sifatida taniştirib, mobil ilova buzilgani, bank kartasi blok holatiga tuşgani, kartadan noqonuniy pul yeçib olişga urinişlar bölayotgani va şu kabi turli uydirmalarni keltirgan holda darhol çora körilmasa, barça mablağlardan ayrilişi haqida aytib, odamlarning pullarini öğrilaş holatlari köpaymoqda.
Bloger Şahnoza Soatova obunaçilaridan biri bilan röy bergan holat haqida quyidagiça yozadi.
«Menga telefon qilib, bir yoş yigit özini Artyom deb taniştirdi. Suhbat rus tilida böldi. «Men sizni Markaziy bankdan bezovta qilyapman. Hozirgina sizning kartangizdan mobil ilova (Slick, Payme, tijorat banklari ilovalari) orqali OLX.UZ uçun 2 mln söm tölov amalga oşirişga uriniş böldi. Şu sizmidingiz? Hozir sizning mobil tizimiga dostupingiz bormi, tekşirib köramiz».
Men darrov: «Şoşmang, siz qaysi Markaziy bankdan telefon qilyapsiz?» deb söradim. «Toşkent şahar Markaziy bankidan», dedi Artyom. «Qaysi bölimdan?» deb söroqni davom ettirdim. Ozgina öylanib «Xavfsizlik bölimidan», dedi hurmatli Artyom.
– Keçirasiz, Artyom, sizning mobil tizimga qanday aloqangiz bor?
– Axir biz Markaziy bankmiz, bizning hamma tizimga dostupimiz bor.
– Xöp, unda qaysi karta orqali tölov qilişga uriniş böldi? (Kartam 2 taligi bois şu savolni berdim, çunki suhbat qiziqlaşib borayotgan edi).
– Markaziy bank tomonidan çiqarilgan karta orqali.
– Markaziy bank qaçondan beri karta çiqaryapti ekan? Markaziy bank karta çiqarmaydi, Artyom, deyişim bilanoq göşakni qöyib qöydi.
Suhbat davomida orqa fonda koll-markazning ovozi eşitilib turardi. Jumladan, yoş ovozlarning rus tilida kimlargadir nimalarnidir tuşuntirayotgani bilinib turardi. Prokuratura degan sözlar ham quloqqa ilindi.
Nazarimda, firibgarlar Özbekistonga ham kirib kelişdi yoki mobil ilovalarning ma'lumotlar bazasi çiqib ketdi. Çunki suhbat davomida mening ismim, familiyam va otamning ismini ham töliq aytdi bu «aqlli» Artyom. Adaşganlarni töğri yölga boşlasin. Artyomga insof bersin».
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan obunaçilardan biri esa elektron hamyonidan pul öğirlanganini aytdi.













