Markaziy bank axborotida ta'kidlanişiça, mobil telefonga kelgan bir martalik SMS-kod, mobil ilovalar, veb-ilovalarga kiriş huquqini beruvçi login va parollar bank xodimlari tomonidan söralmasligi, şu bois heç kimga bunday ma'lumotlarni bermaslik zarurligi töğrisida ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, rasmiy manbalar orqali doimiy ogohlantirişlar berib borilmoqda.
Şunga qaramay, fuqarolar orasida firibgarlarning psixologik ta'siriga tuşib, aldanib qoliş holatlari uçramoqda.
Foydalanuvçilarning qöl telefoniga qönğiroq qilib, özini Markaziy bank, tijorat banki, tölov taşkiloti yoki tölov tizimi operatorining nomidan xavfsizlik, plastik karta, mijozlarni qöllab-quvvatlaş yoki boşqa bölim xodimi deb taniştirib, mobil ilova buzilgani, bank kartasi blok holatiga tuşgani, kartadan noqonuniy pul yeçib olişga urinişlar bölayotgani va şu kabi turli uydirmalarni keltirgan holda darhol çora körilmasa, barça mablağlardan ayrilişi haqida aytib, firibgarlar tomonidan ijtimoiy injyeneringni qöllagan holda turli psixologik bosim ötkazişga uriniş holatlari kuzatilmoqda.
Markaziy bank turli firibgarlik yöli bilan bank kartalaridagi pul mablağlari yeçilişiga yöl qöymaslik maqsadida fuqarolarni ogohlantiradi:
Heç qaçon telefoningizga kelgan bank kartalari bilan boğliq bir martalik yuborilgan SMS-kodni, tijorat banklari, tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlarining mobil ilovalariga kiriş huquqini beruvçi login va parollarni heç qanday şaxslarga aytmang. Ular sizdan olgan ma'lumotlar (SMS kod, login va parol va h.k) orqali bank kartangizdagi pul mablağlarini köçirib oliş yoki sizning ruxsatingizsiz boşqariş imkonini qölga kiritadi.
Avvalroq, Uzcard va Humo kompaniyalari örtasida imzolangan kelişuvga asosan, 2021 yilning oxiriga qadar tölov tizimi terminallari ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boşlaşi ma'lum qilingandi.












