Departamentning Jizzax viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Şarof Raşidovtumangaz” gaz ta’minoti bölimi gazçilari J.A. va Ğ.X. özaro til biriktirib, fuqaro D.I.ni aldagani aniqlandi.
Ma’lum bölişiça, ular fuqaroga göyoki xonadonidagi tabiiy gaz hisoblagiçi buzilganligini aytib, uşbu holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylaştirmasliklari evaziga 10 mln söm talab qilgan. Şuningdek, ular muqaddam 5 mln sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.
Tadbir davomida gazçilar tomonidan olingan 5 mln söm pul mablağining qaytarilişi protsessual tartibda rasmiylaştirildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.












