Davlat aktivlarini boşqariş agentligi 2020 yilda eng köp zarar körgan davlat iştirokidagi korxonalar öntaligini e'lon qildi.

Şu asnoda, iqtisodçi Behzod Hoşimov Uzbekistan Airways misolida davlatning qöllovi bilan monopolist bölib turgan korxonalar iqtisodiyotga keltirayotgan zarar kölami haqida söz yuritdi.

«Körgan bölsangiz kerak, eng köp zarar körgan korxonalar röyxati yaqinda e'lon qilindi. U röyxatni körib, davlat tasarrufidagi korxonalarga nisbatan notöğri xulosa qiliş mumkin. Masalan, «Özbekiston havo yöllari» 755 milliard söm zarar körgani haqidagi ma'lumotni eşitib, şu korxona «soliq tölovçilarga va Özbekiston iqtisodiyotiga atigi 755 milliard söm zarar keltirmoqda», degan yangliş xulosa qilib qöyiş ehtimoli bor.

Aslida olsak, davlat korxonalari va davlatning kuçidan foydalanadigan holda raqobatni çeklaydigan xususiy korxonalarning jamiyatga va iqtisodiyotga zarari sof «buxgalterlik zarar»dan ança köproq.

Bu yerda men şartli aviakompaniya barça soliqlardan ozod qilingani yoki 2020 yildagi iqtisodiy inqiroz paytida birinçilardan soliq tölovçilar hisobidan qutqarilganini aytmoqçi emasman. Men iqtisodiy şikast haqida aytmoqçiman.

Keling, şartli ravişda aviaqatnovlarni olaylik (bu mulohazani umumiylaştirişni öquvçiga qoldirdim). Davlat korxonasi manfaatlaridan kelib çiqqan holda, raqobat sun'iy ravişda çeklanişini hammamiz yaxşi bilamiz.

Bu degani, aviabozordagi raqobat sun'iy çeklangani tufayli qimmatroq narxda çipta olişga majburmiz (qanday qilib çeklaşlari haqida mulohaza alohida). Buni biliş uçun, qöşni mamlakatlar yoki hatto çet el mamlakatlaridagi çipta narxlarini körsangiz ham böladi.

Deylik, şu raqobatni çeklovçi sabablar tufayli, bizda çiptalar örtaça 100 dollar qimmatroq. Ya'ni agar oçiq bozor bölganida, bizdagi örtaça çiptalar narxi 100 dollarga kamroq bölar edi, degan faraz qilib köraylik.

Albatta, bu raqam gipotetik va öta konservativ. Bilasiz, atigi bir-ikki yönaliş butun aviaqatnovning asosiy uluşini taşkil qiladi va eng ommaviy yönalişda, masalan Rossiyaga uçiş uçun, çiptalar narxi qöşni mamlakatlarda bizdan köra 100 dollar köproqqa farq qiladi. Aytmoqçimanki, oçiq bozor bölganida, örtaça çipta narxi 100 dollardan köproqqa tuşişi mumkin edi, lekin gipotetik misol uçun, şartli konservativ 100 dollarni olaveramiz.