Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways mahalliy yo‘nalishlarda chipta narxlarini e'lon qildi
Chipta narxlari Toshkentdan Samarqandga 114 ming so‘mdan, Toshkentdan vodiyga 127 ming so‘mdan, Samarqanddan vodiyga 190 ming so‘mdan boshlanadi.
Uzbekistan Airways kompaniyasi mahalliy yo‘nalishlarda chiptalar narxi haqida ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 28 martdan boshlab birmuncha arzonlashgan chipta narxlari quyidagicha:
- Toshkent – Samarqand – 114 000 so‘mdan (seshanba, shanba)
- Toshkent – Farg‘ona – 127 000 so‘mdan
- Toshkent – Namangan – 127 000 so‘mdan
- Toshkent – Andijon – 127 000 so‘mdan
- Toshkent – Buxoro – 215 000 so‘mdan (chorshanba, shanba, yakshanba)
- Toshkent – Navoiy – 215 000 so‘mdan (14 maydan boshlab seshanba va juma)
- Toshkent – Termiz – 341 000 so‘mdan (dushanba, payshanba, shanba)
- Toshkent – Urganch – 417 000 ming so‘mdan (har kuni)
- Toshkent – Nukus – 417 000 ming so‘mdan (har kuni)
- Termiz – Farg‘ona – 316 000 so‘mdan (dushanba, aksincha yo‘nalishda payshanba)
- Samarqand – Farg‘ona – 190 000 so‘mdan (dushanba, seshanba, juma, yakshanba)
- Samarqand – Namangan – 190 000 so‘mdan (chorshanba, shanba)
- Samarqand – Urganch – 190 000 so‘mdan (dushanba, chorshanba, juma, yakshanba)

Eslatib o‘tamiz, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Uzbekistan Airways'ga ichki aviaqatnovlar chipta narxlarining 25 foizi miqdorida subsidiya ajratilmoqda.
Avvalroq, Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi, transport vaziri Ilhom Mahkamov 1 maydan boshlab mahalliy reyslarda chipta narxlari pasayishi haqida aytgandi.
Mavzuga oid
09:42 / 15.01.2026
Eron havo hududi yopilishi: Uzbekistan Airways, Jazeera va Fly One Asia reyslari yo‘nalishini o‘zgartirdi
20:37 / 13.01.2026
Qozog‘iston osmonida O‘zbekiston va Rossiya samolyotlari xavfli yaqinlashgani ma’lum bo‘ldi
20:36 / 30.12.2025
2025 yilda yo‘lovchilar O‘zbekiston aeroportlaridan eng ko‘p parvoz qilgan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
22:46 / 29.12.2025