Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda avtobus portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning Zabul viloyatida yo‘lovchi avtobusining yo‘lda qo‘yilgan minada portlashi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi.
Voqea Shahr-a-Safa yaqinida yuz bergan. Manbaning xabar berishicha, avtobus ichida 25 kishi bo‘lgan.
Avtobus portlashi 8 may kuni Kobuldagi qizlar maktabi yaqinida sodir etilgan teraktdan keyin yuz berdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 8 maydagi terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 68 nafarga yetdi. Qurbonlarning aksariyatini 11 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan qizlar tashkil qiladi.
Tibbiy xodimlar Kobuldagi teraktda jarohat olgan 160dan ko‘proq kishiga yordam ko‘rsatmoqda.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani teraktni qoralab, bunda «Tolibon»ni ayblagan. Biroq harakat vakili «Tolibon»ning hujumga aloqasi yo‘qligini, toliblar tinch aholiga har qanday hujumni qoralashini ta'kidlab o‘tgan.
Mamlakatda terakt qurbonlari xotirasiga 11 may motam kuni deb e'lon qilindi.
Qurbonlar oilalari Afg‘oniston hukumati va g‘arb davlatlarini zo‘ravonliklar va urushga chek qo‘ya olmaganlikda ayblagan.
Ushbu terakt AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshlagan vaqtda sodir etildi.
Mavzuga oid
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
09:16 / 31.12.2025
Olis hududlardagi 715 maktab o‘quvchilariga bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
08:55 / 30.12.2025