Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada bo‘lib o‘tgan sud ishlarida viloyat ta'lim sohasida tamagirlik va korrupsiyaga qo‘l urgan xodimlar ochiqlandi
Farg‘ona viloyatida ta'lim sohasida tamagirlik, korrupsiya holatlari ko‘p uchramoqda, deya xabar bermoqda Oliy sud axborot xizmati.
Ta'kidlanishicha, Qo‘qon shahridagi 41-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori Gullola Qodirova hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Doniyor Temirboyev pora beruvchi ota-onalarning farzandlarini maktabning 1-sinfiga qabul qilish maqsadida jinoiy reja tuzishgan. D.Temirboyev 2020 yil 17 avgust kuni D. Tadjiyevaning farzandini 1-sinfga qabul qilish evaziga S. Meliboyev orqali pora tariqasida 150 AQSh dollari berishni talab qiladi. Bundan tashqari, G.Irgashevaning farzandini maktabga qabul qilish uchun 100 AQSh dollari va 300 000 so‘mni pora tariqasida olganda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ushlangan.
Maktab direktori Sh.Qodirova o‘zining o‘rinbosari D.Temirbayev orqali berilgan pullarni pora tariqasida olganda qo‘lga olingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan mazkur ish ko‘rib chiqilib, G.Qodirovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan JKning 45-moddasini qo‘llab, 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlaridan ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qilinib, 3 yil sinov muddati belgilandi. D.Temirbayevga esa 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqqa olindi.
Shuningdek, Rishton tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri I.Mirzarahimova va kadrlar bo‘limi mutaxassisi A.Vohidov 77 nafar o‘qituvchining malaka toifasi muddati o‘tgan bo‘lsa-da, qalbaki hujjatlar asosida malaka belgilab, tarifikatsiya qilishi, ustama haqlarini noqonuniy to‘lashi va boshqa suiiste'molliklari oqibatida 414 million so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan. Quva tuman xalq ta'limi bo‘limi kadrlar bo‘limi nazoratchisi X.Bozorbayev 62-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi direktor o‘rinbosari M.Nazarov bilan oldindan til biriktirib, 3 nafar o‘qituvchini malaka toifasi olish attestatsiyasidan o‘tkazishni va'da qilgan. 37-umumta'lim maktabi o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Nishonov bilan oldindan til biriktirib, 6 nafar o‘qituvchini malaka toifasi olish attestatsiyasidan o‘tkazishni va'da qilib, 1 million 800 ming so‘m pullarni pora tariqasida olgan.
Qo‘qon shahridagi 8-sonli maktab direktori F.Djabbarova fuqaro N.Nabiyevani maktabga yarim stavkaga kutubxonachi va 0,2 stavka laborant vazifasiga ishga qabul qilishi evaziga 100 AQSh dollari va 850 ming so‘m, Marg‘ilon shahridagi 31-sonli maktab direktori vazifasini bajaruvchi A.Dadaxonov fuqaro D.Jalolovni texnik lavozimga tayinlash evaziga 150 AQSh dollari olayotgan vaqtda ushlangan.
Ma'lum qilinishicha, tamagirlik va korrupsiya holatlariga qo‘l urgan ushbu xodimlarning barchasi qonun doirasida tegishli jazoga tortilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026
Farg‘onada 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
09:50 / 12.06.2026