Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birinchi chorakda “O‘zbekinvest” asosiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarining o‘sishi ta'minlanadi
Joriy yilning I choragida “O‘zbekinvest” kompaniyasi hududiy eksportning 32 foizini sug‘urta himoyasi bilan ta'minladi va xalqaro qayta sug‘urtalash bozorida o‘z faolligini 3 martaga oshirdi.
“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi 2021 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha rivojlanishning ijobiy dinamikasini ko‘rsatdi va faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha barqaror o‘sishni ta'minladi.
2021 yil birinchi choragida milliy eksportchilarga ularning tovar va xizmatlarini xorijga eksport qilishlarida 333,9 mln AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasi taqdim etildi, bu esa hududiy eksportning 31,7 foizini tashkil qildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 115 foiz o‘sishga erishildi.
Lloyd’s bozorida va boshqa xalqaro sug‘urta bozorlardagi kompaniyaning faol ishtiroki biznes hajmini 278 foizga oshirishga, hamda qayta sug‘urtalash bo‘yicha 176,9 mln AQSh dollar miqdorida majburiyatlarni qabul qilishga imkon berdi.
Respublika hududlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini sug‘urtalash doirasida 7,2 mlrd so‘m hajmida sug‘urta mukofotlari yig‘imi ta'minlangan bo‘lib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 2 barobar oshdi.
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlarida biznesni sug‘urtalash hajmi o‘sishi 4 barobar ta'minlangan bo‘lib, sug‘urta mukofotlari yig‘imi hajmi 2,8 mlrd so‘mgacha oshdi.
Turli sohalar tadbirkorlarining mol-mulk va moliyaviy qaltisliklarini sug‘urtalashga bo‘lgan ehtiyoji oshishi kuzatilmoqda, buning natijasida KBvaXT sub'yektlari segmentida 8,8 mlrd so‘m hajmida sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta'minlangan bo‘lib, 2020 yilning shu davriga nisbatan yig‘ilgan mukofotlar hajmidan 1,5 martaga ko‘p bo‘ldi.
Aholi bilan olib borilgan faol ishlar 13,3 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta mukofoti yig‘ish imkonini berdi va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 136 foiz o‘sishni ta'minladi.
Shuningdek, kompaniya TVEFJMS bozorida o‘z o‘rnini mustahkamladi, bunda mijozlar bazasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167 foizga ko‘paygan bo‘lib, sug‘urta mukofotlari yig‘imi 174 foizga oshdi va 10,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.
2021 yil I choragi mobaynida kompaniya tomonidan 234 ming nafar yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olingan bo‘lib, bu 2020 yilning I choragi ko‘rsatkichiga nisbatan 1,6 martaga ko‘p.
Joriy yilning I choragi davomida 17,7 ming dona sug‘urta da'volari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ular bo‘yicha 34,4 mlrd so‘m tovonlar to‘langan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,5 martaga o‘sdi.
I chorak yakunlari bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari umumiy hajmi 67,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 116 foizga ko‘paydi, bu esa o‘z navbatida “O‘zbekinvest” kompaniyasiga milliy sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni saqlash va mustahkamlash imkonini berdi.
«O‘zbekinvest» EISK AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
10:00 / 19.06.2026
«O‘zbekinvest» TXIF-2026 doirasida investitsiyalarni sug‘urtaviy qo‘llab-quvvatlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda va kengaytirmoqda
10:00 / 09.06.2026
«O‘zbekinvest» Shveytsariya sug‘urta bozorining yetakchi kompaniyalari bilan global hamkorlikni rivojlantirmoqda
10:00 / 21.05.2026
“O‘zbekinvest” EISK AJ hududiy filiallari rahbarlari Xitoyda malaka oshirdi
10:00 / 23.04.2026