Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi
Rumen Radev
Bolgariya prezidenti Rumen Radev parlamentning tarqatib yuborilishi va 11 iyulda unga muddatdan oldin saylovlar o‘tkazilishi haqidagi farmonni imzoladi.
Bolgariya parlamenti – Milliy majlis 12 maydan tarqatib yuboriladi. Shu kundan boshlab parlamentga saylovlar o‘tkazilgunga qadar mamlakatni texnik hukumat boshqaradi. Texnik hukumatga prezidentning xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha sobiq kotibi Stefan Yanev rahbarlik qiladi.
4 aprelda Bolgariya parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tgandi. Uning natijalariga ko‘ra, hukumatni shakllantirish huquqini hukmron “Fuqarolar Bolgariyaning yevropacha rivojlanishi uchun” partiyasi qo‘lga kiritgan. Biroq partiya buni qilishdan bosh tortgan. Shuningdek, yetakchi muxolif partiya – Bolgariya sotsialistik partiyasi ham shunday qaror qabul qilgan.
Mavzuga oid
20:55 / 31.12.2025
Bolgariya 1 yanvardan yevroga o‘tadi
11:19 / 13.12.2025
Bolgariya yevroga o‘tish arafasida: ommaviy norozilik va hukumat iste’fosi
15:41 / 07.11.2025
Bolgariyada “Lukoyl” NQZni sotish: parlament prezident vetosini yengib o‘tdi
11:45 / 01.11.2025