Xöş, korrupsiya ildiz otib ketgan bugungi özbek jamiyati haqida ziyolilar nima deydi? Nega jamiyatimiz bu illatdan qutula olmayapti?

Amaldagi hukumat korrupsiyani imkon qadar kamaytiriş uçun qanday şoşilinç çoralarni körişi kerak?

Kun.uz şu kabi savollar yuzasidan qator taniqli diniy ulamo, yozuvçi va jamiyatşunos olimlardan fikr olib, xalqqa, hukumatga yetkazib kelmoqda.

Quyida yozuvçi Uluğbek Hamdam, Odilxon qori va sotsiolog Mansur Bekmurodovning fikrlari bilan tanişişingiz mumkin.

«Bitta-ikkita «mayda baliq»larni tutib jar soliş bilan asl korrupsiya ildizlariga bolta uriş – boşqa-boşqa narsalar» — Uluğbek Hamdam, yozuvçi

— Korrupsiya – jamiyat oyoğiga urilgan tuşov. U bilan uzoq va bemalol yurib bölmaydi. Hamma jamiyatlar, hamma zamonlarga tegişli bu gap. Lekin ming afsuski, keyingi yillarda özbek jamiyatini poraxörlik illati möri malaxdek bosdi: har teşikdan uning qurtlari çiqib kelmoqda. Jamiyat öpkasi bunday qurtlar bilan nafas ololmay qoldi – bilib turibmiz.

Buning sababini körsatiş unçalik qiyin emas: jamiyatda yaratilgan nosoğlom muhitdir sababi!

Bunga ta'lim-tarbiyaning nuqsonlaridan tortib, to poraxörlikning jazosiz qolayotganiga, ya'ni sud tizimining kamçiliklariga qadar kiradi.

Avvalo, umumiy ta'lim-tarbiya masalasiga töxtalsak. Biz yoş avlodni qanday tarbiya qilyapmiz, öqityapmiz? «Inson baxtli bölişi kerak», deyapmiz va baxtning kalitini, albatta, zar (moddiy boylik) va zör (hokimiyat)da deya körsatyapmiz. Bu – töğri emas. Materializmga, matohizmga siğinadigan qavm paydo qildik va qilyapmiz...