Korrupsiyaga qarşi jazoni kuçaytiriş bilan kuraşiş yaxşi samara bermaydi. Bu usul xuddi kasalning kasalligiga aniq taşxis qöymay turib, unda nuqul jarrohlik amaliyotini ötkazaverişga öxşaydi.
Çunki korrupsiya – bu illat, uni davolab bölmaydi. Bu illatga çaliniş omillarini qirqiş kerak:
Ya'ni davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining oçiqligini öz vaqtida ta'minlanmayotgan elektron hukumatni amalda keng, izçil, tizimli, oğişmay joriy etiş, onlayn davlat xizmatlari sonini oşiriş, oçiq tanlov va elektron auksion hududlarning köp yillik rivojlantiriş dasturini oçiq-oşkor muhokamaga qöyiş, e'lon qiliş tizimi böliş kerak. Masalan, qaysi yer uçastkasi qaçon sotiladi, qaçon buziladi va hokazo;
Davlat va xöjalik boşqaruv organlarining xodimlari uçun daromad deklaratsiyasini yaxlit huquqiy mexanizm asosida amalda tizimli, bir xilda joriy etiş kerak.
Uzoqqa bormaylik, masalan, MDH davlatlarida korrupsiyaga qarşi kuraşda ma'lum yutuqlarga erişgan Gruziyada uşbu ikkita islohot hayotga birmunça samarali joriy etildi.
- Davlat organlari faoliyatidan keng jamoatçilikning xabardor böliş tizimi ayniqsa, ular faoliyatini yoritib boriş böyiça OAVga maksimal huquq va imkoniyat yaratiş, elektron OAV maydonida sof xususiy va nodavlat sektori maydonlarini köpaytiriş muhim;
- Yaşirin biznes va qora bozorga qarşi murosasiz kuraş konsepsiyasini hamda qonunçilikda qat'iy çoralarni belgilaş;
- Har qanday imtiyoz korrupsiyaga yöl degan tamoyillarni qonunçilik va amaliyotga tatbiq etiş;
- Davlat budjeti mablağlarini yönaltirişda har qanday darajadagi rahbarning vakolatsiz aralaşuviga yöl qöymaslik, parlament tomonidan tasdiqlangan davlat budjeti mablağlarining hukumat tomonidan faqatgina maqsadli sarflanişiga erişiş;
- Ofşor biznes sub'yektlarini aniqlaş tizimi va raqobatni amalda ta'minlaşni yölga qöyiş;
- Sudlarning mustaqil budjetini parlament tomonidan tasdiqlaşni yölga qöyiş;
- Eng asosiysi, aholi orasida oxirgi nuqtani sud qöyadi, degan işonçga erişiş lozim;
- Sud mustaqilligi, erkin hamda bedor OAV va söz erkinligini, oçiqlik, samarali jamoatçilik nazoratini va çinakam parlament nazoratini amalda ta'minlaş;
- Kadrlar siyosatida, kadrlarni saralaşda obektivka, biografiya, köp gapiriş, gapirmaslik, itoatkorlik, kamtarlik xususiyatlariga baho beriş tizimidan butunlay voz keçib, kadrlarning jamiyat uçun natijadorlik, ilm va salohiyati, ularning tahlil-monitoring qiliş, boşqaruvçilik qobiliyati, ğoyalar taşabbuskorligi, kreativ yondaşuvi, adolatli, obektiv xususiyatlari, ma'naviyati, xalq va vatanga sadoqati kabi jihatlariga ustuvorlik beriş;
- Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligini tom ma'noda korrupsiyaga qarşi kuraşga ilmni olib kira oladigan, korrupsiyaga qarşi kuraş nazariyasi va amaliyotini boşqalardan bir qadam oldin hayotga tatbiq eta oladigan ilm maskani, taşabbuslar, ğoyalar makoni institutiga aylantiriş;
- Yana bir muhim jihat, agar tahlillarga asoslansak, jamiyatimizda korrupsiya holatlaridan biri bölgan poraning eng yomoni – «poraning kattasi» – maqtovdan, közböyamaçilikdan qutuliş davr talabidir;
- Bilamizki, poraning ma'nosi «şirinkoma – haq, mukofot» .
Ya'ni pora – vakolatli kişining öz vakolatidan foydalangan holda biror bir işni pora bergan ikkinçi kişining foydasiga bajarişi yoki bajarmasligi evaziga moddiy qimmatliklar olişi, mulkiy manfaatdor bölişidir.
Va xuddi şunday ikkinçi tomonning ham bergan mulki evaziga bajarilgan işdan yoki unga ziyon keltiruvçi bajarilmagan işdan manfaatdor bölişidir.
Bunda uçinçi manfaatdor tomon – «vositaçi» ham bölişi mumkin. Barçasining tag-zamirida manfaat, mulk, moddiy qimmatlik yotadi... Endi bu tuşunarli...
Oldi-berdi, örtada turdi. Jazo ham moddiy qimmatlik-mulk – manfaat (pora predmeti)ni olgan, bergan va örtaga turgan... şu omillar, şu kabi asoslar ölçovida beriladi. Oqibatini ham eşitgansiz, köp takrorlanadi – mavjud tizimni yemiradi, taraqqiyotga ğov böladi va hokazolar...
Ammo «poraning yomoni»da esa moddiy qimmatlik ham, mulk ham yöq. Bunda pora beruvçi pora oluvçiga heç narsa bermaydi. Aksinça... hamma balo ham ana şunda, Sayyid Burhoniddin Termiziy hazratlari aytganlaridek, «Maqtovdan ham köra kattaroq pora bormi? Maqtov bu poraning kattasidir».
Albatta, maqtov – moddiy qimmatlik emas, uni uşlab bölmaydi. Şunday ekan, uni olganni ham, berganni ham, «Sizga sodiq it aslida şu, sizni nomingiz tilidan tuşmaydi», – deb vositaçilik qilganni ham jazoga tortib bölmaydi.
Lekin korrupsiya taraqqiyotga ğov deganimiz kabi, manfaatli va asossiz maqtov ham taraqqiyotga eng katta ğovlardan biridir.
Oqibati esa biz yuqorida aytib ötgan pora oqibatidan ança kattaroq...
Demoqçi bölganim esa jamiyatda qaraş özgarişi şart, qonun jamiyatni, islohotlarni yetaklovçi yagona ustuvor kuç bölişi, qonunosti hujjatlar, topşiriq va körsatmalarda faqat va faqat qonun asoslariga tayaniş maqsadga muvofiq.
Tahlillar şuni körsatadiki, qonunni hurmat qilgan, qonunni hurmat qiliş ruhida şakllangan ong jinoyat qilişga moyil bölmaydi, korrupsiya esa oğir jinoyatdir.
Jinoyatni faqatgina jazolaş bilan yöqotib bölganda edi, ayrim davlatlarda korrupsiya holatlari umuman uçramasdi...