Xöş, korrupsiya ildiz otib ketgan bugungi özbek jamiyati haqida ziyolilar nima deydi? Nega jamiyatimiz bu illatdan qutula olmayapti?

Amaldagi hukumat korrupsiyani imkon qadar kamaytiriş uçun qanday şoşilinç çoralarni körişi kerak?

Kun.uz şu kabi savollar yuzasidan qator taniqli diniy ulamo, yozuvçi va jamiyatşunos olimlardan fikr olib, xalqqa, hukumatga yetkazib kelmoqda.

Quyida yozuvçilar: Erkin A'zam, Isajon Sulton, diniy ulamo Mubaşşir Ahmad va taniqli siyosiy şarhlovçi Qobilbek Karimbekov öz fikrlari, tanqid, tavsiyalari bilan hukumatni korrupsiyaga qarşi qattiqroq turişga da'vat etdi.

«Korrupsiyani yöqotişning oddiy formulasi: mamlakatda qonunlar va javobgarlik hammaga teng bölsin» — Erkin A'zam, yozuvçi

Korrupsiya haqida köp gapiryapmiz. Uning ildizi avvalo nafsga borib taqaladi. Odam esa nafssiz yaşolmaydi. Lekin nafsga böysunişning ham çegarasi bölişi kerak.

Xöş, nega jamiyatimizda korrupsiya bunçalik quloç yoyib ketdi? Çunki öz vaqtida korrupsionerga, poraxörga va şu illatni kasb qilib olgan amaldorlarga kerakli va adolatli jazo berilmadi. Jamiyatda bu borada erkalik boşlandi va u hamon davom etyapti.

Bilasizmi, korrupsiya, uni jilovlaş haqida köp va xöp gapiriş mumkin. Lekin unga qarşi kuraşning juda oddiy formulasi ham bor: mamlakatda qonunlar va javobgarlik hammaga teng bölsin.

Heç kim jazodan yaşirilmasin, ayalmasin, keçirilmasin. Agar niyat korrupsiyani çindan yöqotiş bölsa.

Xalqimiz juda yuvoş xalq. Hukumati nima desa şuni qiladi. Demak, korrupsiyani yöqotişni avvalo hukumat özi çindan xohlaşi kerak.

Xalq korrupsiyaga qarşi hukumatning irodasini sezar ekan, hukumatga quloq solib boşlaydi, bölmasa yöq.