Bozorlarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi

Foto: KUN.UZ
“Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2021-2023 yillarda O‘zbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib, jumladan, quyidagilar belgilandi:
- 2023 yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oshirish;
- aholini kasbga o‘qitishdan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oluvchi “kompleks xizmatlar” ko‘rsatishni tashkil etish.
2021 yil 1 iyuldan respublika hududlarida xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingi joriy etilib, “Business Indicator” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida e'lon qilinadi.
Bunda har yarim yilda tegishli tashkilotlar rahbarlari, hokimlarning faoliyati baholanib, natijalari bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lganlari – rag‘batlantiriladi, qoniqarsiz ko‘rsatkichga egalari – intizomiy javobgarlikka tortiladi.
Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi.
Shuningdek, bojxona postlari hududidagi bo‘sh yer uchastkalari hamda tegishli yo‘l-patrul xizmati postlari hududidagi yer uchastkalari tadbirkorlarga savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarini barpo etish uchun ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi
Jahon | 08:59
-
AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi
Jahon | 08:26
-
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 08:20
-
Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi
Jahon | 07:53
Mavzuga oid

10:02 / 16.04.2025
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi

09:33 / 28.03.2025
Bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning ishtiroki to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi

12:10 / 15.03.2025
“Yilda faqat 1 oy bo‘ladi” - Marg‘ilonning Ramazon bozori haqida

19:48 / 19.02.2025