Jahon | 20:25 / 15.05.2021
6523
1 daqiqa o‘qiladi

NATO raketa va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Mashg‘ulotlar 3 iyungacha davom etadi. Ularda NATOga a'zo 10ta mamlakatdan 3,3 mingdan ortiq harbiy, 15ta kema va o‘nlab samolyotlar qatnashadi. 

Foto: nato.int

NATO raketa va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha «AtSeaDemo/FormidableShield» deb nomlangan yirik va murakkab harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda alyans matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlarning asosiy qismi Shotlandiya va Norvegiya sohillarida bo‘lib o‘tadi. 

«Mashg‘ulotlar doirasida soatiga 20 ming kmdan yuqori tezlikda uchayotgan raketalarni aniqlash va kuzatish ishlari amalga oshiriladi. Kema va samolyotlar ham tovushdan tez harakatlanuvchi raketalardan himoyalanish mashqlarini bajaradi», — deyiladi NATO xabarida.

Mashg‘ulotlar 3 iyungacha davom etadi. Ularda NATOga a'zo 10ta mamlakatdan 3,3 mingdan ortiq harbiy, 15ta kema va o‘nlab samolyotlar qatnashadi. 

Avvalroq Estoniyada Amerika havo desantlarining Swift Response 21 o‘quv mashg‘uloti yakuniga yetgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid