Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda mast holdagi erkaklarning o‘zaro janjali ayanchli yakunlandi
Joriy yilning 6 may kuni soat 22:00 larda Pop tumanida Hazratibob shohko‘chasi hududida 38 yoshli D.U. 52 yoshli G.T. bilan mast holatda o‘zaro janjallashib qolgan.
D.U. G.T. ning yuz qismiga bir marotaba mushti bilan urgan va G.T. bo‘y baravari yiqilishi natijasida hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davomida marhum G.T D.U. yoshligida sodir qilgan o‘g‘riligini eslatib mazax qilib, uning yuz qismiga bir shapaloq urgani natijasida ushbu jinoyat kelib chiqqani aniqlangan.
Mavzuga oid
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026
Namangandagi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kirishi mumkin
20:03 / 02.05.2026